Tramp yanvarda şakllantirilgan guruh öz işini töxtatişini Arizona ştatidagi çiqişi vaqtida ma'lum qildi.
AQŞ prezidentining ta'kidlaşiça, vitse-prezident Mayk Pens va uning hamkasblari katta iş qilişgan, biroq ayni vaqtda “biroz boşqaça şakl” zarur.
“Bu şakl – xavfsizlik va tiklaniş. Bizda bu maqsadda taşkil etiladigan boşqa guruh böladi”, deb ta'kidlab ötgan Tramp.
AQŞ prezidenti bu qaror sababini tuşuntirar ekan, AQŞni yaqin 5 yilga töliq yopib bölmasligini, şu sababli Oq uy inqirozdan çiqişning keyingi bosqiçlarini körib çiqayotganini aytgan.
U yangi guruhga Oq uyning koronavirusga qarşi kuraşiş böyiça koordinatori Debora Birks va AQŞ allergik va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauçi ötişini ma'lum qilgan.
Bundan taşqari, Tramp mamlakat oçilişini, korxonalar öz işini tiklaşini aytgan.













