Qölga olingan amerikalik, Floridada joylaşgan Silvercopp xususiy qöriqlaş kompaniyasi xodimi Lyuk Denmanning söroq qilinişi videosi Maduroning tvitterdagi sahifasida joylangan. 

“Biz Venesuelaga yetib borib, Karakasga tuşişimiz va aeroportni bosib olişimiz kerak edi. Biz olgan körsatmalar prezident Maduroni samolyotga xavfsiz ötkazişni ta'minlaş uçun aeroportni bosib olişni öz içiga olgan”, deb aytgan amerikalik.

Şaharda taktik operatsiyalar ötkaziş böyiça mutaxassis hisoblangan Denmanning aytişiça, hujumda iştirok etganlik uçun gonorar 50 mingdan 100 ming dollargaçani taşkil qilgan, jangarilar guruhi esa 20 kişidan iborat bölgan. Hujumga tayyorgarlik 2019 yil dekabrda boşlangan.

Asirga olingan amerikalik jangarilar guruhi tarkibiga Silvercorp’ning yana 2 xodimi kirgani va bu xususiy kompaniya rahbariga buyruqlarni şaxsan AQŞ prezidenti Donald Tramp berganini qöşimça qilgan.

Venesuela içki işlar vaziri Nestor Reverol 3 may kuni dengiz tomondan kolumbiyalik jangarilar hujumi qaytarilganini ma'lum qilgandi. Ma'lumotlarga köra, jangarilar Venesuelaga tezyurar katerlarda bostirib kirmoqçi bölgan. Keyinroq hujumni qaytariş vaqtida 8 kişi qölga olingani, 2 kişi yöq qilingani ma'lum qilingan.

Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning ma'lum qilişiça, hujum iştirokçilari orasida ikki amerikalik - AQŞ prezidenti şaxsiy qöriqlaş xizmati xodimlari bölgan.

Vaşington öz fuqarolari qölga olinganini tasdiqlamagan. AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo AQŞ qölga olinganlar haqiqatan ham amerikaliklar ekanini aniqlaş böyiça jarayon boşlaşini ma'lum qilgan.

“Agar Maduro tuzumi ularni uşlab turişga qaror qilsa, biz ularni qaytariş uçun barça vositalardan foydalanamiz”, deb aytgan Pompeo. 

Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp va Pentagon rahbari Mark Esper Vaşingtonning uşbu voqealarga heç qanday aloqasi yöqligini ma'lum qilişgan.