Namangan viloyatidan 22 nafar bemorga javob berilgan. Ularning 10 nafari erkak, 12 nafari ayol bölib, eng yoşi kattasi 73 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 7 yoşda. Ular bugun reabilitatsiyaga kuzatildi. Viloyatda şu paytga qadar 137 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ularning soni 159 nafarga yetdi.

Sirdaryo viloyatida 8 nafar bemor soğayib çiqqan. Ularning barçasi Qozoğiston Respublikasidan kelişgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangaç, şifoxonaga yotqizilgan. Ularning barçasi erkak bölib, eng yoşi kattasi 44 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 21 yoşda. Ular bugun reabilitatsiyaga kuzatilmoqda. Viloyatda şu paytga qadar 5 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ularning soni 13 nafarga yetdi.

Andijonda yana 2 nafar bemor darddan foriğ bölgan (32 yoşli ayol va 28 yoşli erkak). Ularning ikkisi ham Andijon şahridan bölib, koronavirus infeksiyasiga çalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olişgan. Ular bugun reabilitatsiyaga kuzatildi. Viloyatda şu paytga qadar 133 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ularning soni 135 nafarga yetdi.

Ayni paytda mamlakat böylab koronavirus infeksiyasidan butunlay soğayganlar 1688 nafarga yetdi.