“Matematika sohasidagi ta'lim sifatini oşiriş va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida” prezident qarori qabul qilindi.

Xalq ta'limi vazirligi xabariga köra, matematika sohasidagi ta'lim sifatini oşiriş, ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantiriş va ilmiy işlanmalarni amaliyotga joriy qilişning ustuvor yönalişlari belgilandi.

Maktabgaça yoşdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarni şakllantiriş böyiça zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qiliş, hududlarda matematika faniga ixtisoslaştirilgan maktablar faoliyatini rivojlantiriş hamda yangi maktablarni taşkil etiş ustuvor yönalişlardan biridir.

Qarorga köra, har bir tumanda (şaharda) matematika fanini çuqurlaştirib öqitişga ixtisoslaştirilgan maktablar (Ixtisoslaştirilgan maktablar) bosqiçma-bosqiç taşkil etiladi.

Ixtisoslaştirilgan maktablarda maktab direktori tegişli tuman (şahar) hokimining iqtisodiy va boşqaruv jarayonlariga matematik usullar va modellarni joriy qiliş masalalari böyiça maslahatçisi hisoblanadi.

Matematika fani çuqurlaştirilib öqitiladigan sinflar bosqiçma-bosqiç, mavjud ehtiyoj va öquvçilarning qobiliyatidan kelib çiqib taşkil etiladi.

Ixtisoslaştirilgan maktablarga öquvçilar belgilangan tartibda tanlov asosida saralab olinadi.

Matematika fani çuqurlaştirilib öqitiladigan sinf bitiruvçilari tegişli OTMlarning matematika ta'lim yönalişlariga ular uçun belgilangan maqsadli parametrlar böyiça öqişga qabul qilinadi.