Qirğiziston çegarada sodir bölgan mojaro oqibatida bir neça kişi oğir yaralangani sababli Tojikiston elçisiga norozilik notasi topşirdi. Bu haqda Qirğiziston taşqi işlar vazirligi xabar berdi.

Xabarda aytilişiça, 9 may kuni Tojikistonning Qirğizistondagi elçisi Qirğiziston TIVga çaqirtirilgan. Unga Qirğiziston harbiylari va fuqarolari öqqa tutilgani uçun norozilik notasi topşirilgan.

Qirğiziston TIVning ma'lumot berişiça, otişma oqibatida mamlakat çegara xizmatining uç nafar harbiysi va bir nafar mahalliy fuqaro "oğir yaralangan".

Xabarda aytilişiça, uşbu vaziyat uçun barça javobgarlik Tojikiston tomonida bölib, Bişkek "kelgusida vaziyat keskinlaşmasligi hamda aybdorlarni javobgarlikka tortiş uçun zudlik bilan çoralar körilişini talab qiladi".

Qirğiziston çegara xizmati ma'lumotlariga köra, mojaroning boşlanişiga Qirğizistonning Botken viloyatidagi Çek qişloğida 50 sotix yerdan foydalaniş sabab bölgan. Qirğiziston tomonining ta'kidlaşiça, uşbu uçastka rasman “biror tomon hisobiga rasmiylaştirilmagan”, biroq Qirğiziston fuqarolari tomonidan qöllanadi.

Dastlab ikki tomondan 30-40 kişi bir-biriga toş ota boşlagan, söngra otişma boşlangan.

Öz navbatida Tojikiston milliy xavfsizlik qömitasi çegara qöşinlari matbuot xizmatida ta'kidlanişiça, mojaroga Qirğiziston fuqarolari tomonidan Tojikistonga tegişli 4 gektar yerning özboşimçalik bilan egallab olinişi sabab bölgan.