Özbekiston IIVdan xabar qilişlariça, voqea şu yilning 15 aprel kuni Xöjayli tumanining Suöyenli mahallasida röy bergan.

«IIB HPB profilaktika katta inspektori kapitan Biysenbay Qayipnazarov va profilaktika inspektori kapitan Salamat Utemisovlar kundalik taqsimot böyiça özlariga biriktirilgan «Suöyenli» mahallasi hududida aholining karantin qoidalarga amal qilişini nazorat qiliş yuzasidan xizmat olib borayotgan paytda hududdan oqib ötuvçi «Suöyenli» kanali böyida çökib ketayotgan fuqaroni körib qolib, tezkorlik bilan amaliy işlar olib borişi natijasida fuqaro şu tumanda yaşovçi ayol kişi D.A. hayotini saqlab qoladi.

Şunday vaziyatda, özlarining xizmat vazifalariga sidqidildan yondaşib, fuqaro hayotini saqlab qolgani va faoliyati davomida yuqori natijalarga erişgani, Özbekistonda kuzatilayotgan epidemiologik vaziyatda fuqarolarni kutib oliş, muassasalariga joylaştiriş, karantin obektlarining işonçli himoyalanişi hamda uşbu hududlarda jamoat tartibini saqlaş va xavfsizlikni ta'minlaşda sidqidildan xizmat qilgani uçun kapitan Bisenbay Qaypnazarovga Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vaziri polkovnik A.Temirxanov tomonidan muddatidan oldin «mayor» unvoni berilib, xodimlarga kelgusi xizmat faoliyatida zafarlar tiladi», – deyiladi xabarda.