Joriy yilning 9 may kuni soat 03:20larda Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, “Şifobuloq” mahallasi hududidan ötuvçi M-39 avtomobil yölining 1322-km.da yöl-transport hodisasi sodir böldi.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, haydovçi, 1974 y.t. F.J. “Toşkent-Termiz” yönalişi böylab “Kamaz” rusumli yuk transport vositasida harakatlanayotib, boşqaruvni yöqotişi oqibatida yölning öng tomonidagi beton tösiqqa urilgan va yöldan çiqib ketib yöl transport hodisasi sodir etgan.
Natijada, haydovçi 46 yoşli F.J. oğir tan jarohatlari bilan şifoxonada vafot etgan.
Mazkur yöl-transport hodisasi yuzasidan Boysun tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Barça yöl harakati iştirokçilaridan yöllarda harakatlanganda ehtiyotkor bölişlarini, “Yöl harakati qoidalari”ga amal qilişlarini sörab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.












