Dehli, Dubay va yana 2 shahardan 800dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi olib kelindi
8-10 may kunlari Dubay, Minsk, Seul va Dehli shaharlaridan 800dan ortiq vatandosh charter reyslar orqali O‘zbekistonga olib kelindi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, 11 may kuni Germaniyaning Frankfurt shahridan charter reys orqali 168 nafar vatandosh qaytarilishi kutilmoqda.
«Respublika maxsus komissiyasi tomonidan hamyurtlarimizni boshqa davlatlardan vatanga qaytarish uchun aviareyslar tashkil etish bo‘yicha ish olib borilmoqda», – deyiladi xabarda.
Kun.uz 1 may kuni Birlashgan Arab Amirliklarida qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar, 3 mayda esa davolanish uchun Hindistonga borib ortga qayta olmayotgan vatandoshlar haqida maqolalar e'lon qilgan edi.
Hindistondagi o‘zbeklar masalasiga Oliy Majlis Senati e'tibor qaratdi va ularni qaytarish uchun charter reys tashkil etishni so‘rab, mutasaddi tashkilotlarga xat bilan chiqdi.
O‘zbekiston 30 martdan boshlab barcha aviaqatnovlarni to‘xtatgach, xorijda qolib ketgan fuqarolarni qaytarish uchun jami nechta charter reyslar tashkil etilgani va ularda necha kishi vatanga olib kelingani haqida ochiq manbalarda ma'lumot yo‘q.
Shunisi ma'lumki, xorijda qolib ketgan vatandoshlarning 11 mingga yaqini ancha qiyin ahvolda qolgan. Bu haqda 7 may kungi videoselektorda aytib o‘tgan prezident Shavkat Mirziyoyev ularni qaytarish choralari ko‘rilishini ta'kidlagan edi.
Olib kelinganlar Maxsus komissiya talablariga muvofiq kamida 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Qozog‘istonda hashamat solig‘i, Afg‘onistonda qimmat internet va Turkmanistonda taqchil yog‘ - Markaziy Osiyo hafta ichida
Jahon | 12:43 / 02.03.2025
Toshkentda taksida chaqaloq tug‘ildi
Jamiyat | 23:33 / 01.03.2025
Toshkent viloyatida vazni 7 kilodan ziyod qiz tug‘ildi
Jamiyat | 22:30 / 01.03.2025
Tishlari to‘kilgan qonun, avtomobil importidagi muzlash va Uzundagi jinoyat(lar) - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 20:59 / 01.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeK rahbari Yevropani qayta qurollantirish rejasini taqdim etishga va’da berdi
Jahon | 23:25 / 02.03.2025
-
Shimoliy yarimshardagi jazirama va qurg‘oqchilik olimlarni tashvishga solmoqda
Jahon | 22:42 / 02.03.2025
-
Yevropa AQSh va NATOsiz omon qoladimi?
Jahon | 22:30 / 02.03.2025
-
Moskva viloyatidagi savdo markazida otishda yuz berdi. Uch kishi jarohat oldi
Jahon | 22:26 / 02.03.2025
Mavzuga oid

07:31 / 04.08.2022
Tashqi ishlar vazirligida yangi tayinlov amalga oshirildi

08:43 / 30.06.2022
Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida yangi boshqarma tashkil etildi

12:37 / 21.06.2022
Xitoy elchisi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga tashrif buyurdi

12:43 / 04.05.2022