Bekzod Xilvatov:

– COVID 19 pandemiyasi sababli aviaqatnovlar, köp ötmasdan charter reyslar ham bekor qilindi. Şu sababli biz Hindistonda qolib ketdik. Şuning uçun Kun.uz tahririyatiga murojaat qilmoqdamiz.

Men özim, 13 yoşli qizim va ayolim bilan 9 yanvarda Dehliga  qizimga buyrak köçiriş operatsiyasini amalga oşiriş uçun kelganmiz. Rejamiz böyiça operatsiyani uzoği bilan ikki oyda ötkazib, qaytib ketişimiz kerak edi. Ba'zi kasalliklarga qarşi immuniteti pastligi tufayli bu yerda vaksina oliş va bir oy muddat kutişimizga töğri keldi.

Operatsiya davrigaça bir yarim oy mobaynida gemodializ muolajasini olib keldi. Gemodializ muolajasini haftada uç marta amalga oşiriladi. Har bir dializ narxi 100 dollarga yaqin turadi. Operatsiya uçinçi marta amalga oşirildi. Şukr, hammasi yaxşi ötdi. 18 martda elçixonaga murojaat qilib, charter reysda qaytib ketişimizni bildirib, röyxatga oldirib qöydim. Har 2-3 kunda elçixonaga murojaat qilib, telefon qilib xabar olamiz, lekin bir yarim oy davomida aniq javob ololmadik. Şuning uçun sizlarga murojaat qilişga majbur böldik.

Gulnora Burhonova:

– 1 martda yuragimni operatsiya qildirganman. Toşkentga 24 martga çipta olib qöygandim. Ketolmay qolib ketdim. 24 martdan beri yotoqxonalarda pul tölab yaşayapman. Pensionerman. Bir özim qolib ketdim. Qizim kelişi kerak edi, 15 martga çipta olgandi, aeroportlar berkilib, kelolmay qoldi.

Bir özim bölganim uçun menga apartamentga joylaşiş noqulay böldi: til bilmayman, heç kimni tanimayman. Operatsiyadan keyin dökonga borib keliş, ovqat pişirib yeyişga qiynaldim. Şuning uçun yotoqxonaga joylaşdim. Uç-tört yulduzli apartamentlarni yopib taşlaşdi. Faqat qimmat mehmonxonalargina qoldi. Ilojim bölmagani uçun Crowne Plaza degan mehmonxonaga joylaşdim. Ovqatim va yaşaşim bir kunda75 dollarga tuşdi. Bir oy öşa yerda yaşadim. Hozir Dehlidagi sal arzonroq mehmonxonaga köçib çiqdim. Baribir bir kunda 4 ming rupiy sarflayapman. Juda ham qiyin. Şuning uçun charter reys bölmasa ham, menga puldan yordam beringlar deb elçixonaga 2-3 marta yozdim. Qarzga botib ketdim. Toşkentdan undan söradim, bundan söradim, pul yuborişdi.