3 may kuni Kun.uz e'lon qilgan «Ahvolimiz tobora oğirlaşmoqda, pullarimiz tugab böldi. Hindistonga davolanişga borib, Özbekistonga qaytolmayotgan özbeklar» sarlavhali maqola Oliy Majlis Senatida örganib çiqildi.

Parlament yuqori palatasi Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi raisi Robaxon Mahmudovaning ma'lum qilişiça, mazkur masala yuzasidan Respublika maxsus komissiyasi va Taşqi işlar vazirligiga rasmiy xat yöllangan.

Xatda Hindistonga davolanişga borib, Özbekistonga qaytolmayotgan vatandoşlarimiz moddiy axvoli oğirligi, hozirda mavjud mablağlari 5-7 kunga yetişi, ayrimlari esa xayriya aksiyalarida xomiylardan yiğilgan pul mablağlari evaziga ketişgani, Hindistonda qolayotgan özbekistonliklarning aksariyati elçixonada maxsus charter reys orqali vatanga qaytiş uçun röyxatdan ötişgani ta'kidlangan.

Senat maxsus komissiya va TIVdan maqolada keltirilgan barça vajlarni örganib, muhtojlarga moddiy yordam körsatilişi va ularning charter reyslar orqali Özbekistonga qaytarilişi böyiça körsatmalar berişni hamda qilingan işlar töğrisida 11 maygaça Senatga ma'lum qilişni söragan.

Eslatib ötamiz, koronavirusga qarşi kuraş doirasida Özbekiston 16 mart kunidan e'tiboran jahonning barça mamlakatlari bilan avia va avtomobil qatnovlarini töxtatgan edi.

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 30 mart soat 00:01dan 20 aprel soat 00:01ga qadar Özbekistondagi mavjud barça aeroportlar yopilgan va aviaqatnovlar butunlay töxtatildi.

29 aprel kuni Uzbekistan Airways matbuot kotibi Habibullo Nabiyev Kun.uz’ga bergan ma'lumotida xorijga aviaqatnovlar 30 iyungaça tiklanmasligi mumkinligini aytgandi