Pandemiya sababli çegaralar noma'lum muddatga yopilişi ortidan dunyoning köplab davlatlarida qiyin vaziyatda qolayotgan özbekistonliklardan saytimizga köplab murojaat kelib tuşmoqda.

Xöş, Özbekistonga qaytiş uçun nima qiliş kerak? Kun.uz muxbiri şu savolga javob oliş maqsadida Rossiyada faoliyat olib borayotgan yurist Botirjon Şermuhammad bilan boğlandi.

Huquqşunos savolimizga javob berar ekan, dastlab butun dunyoda amal qilayotgan karantin tartibi va Rossiyadagi özbekistonliklar soni köpligini inobatga olganda bu unçalik oson emasligini ta'kidladi.

Unga köra, Rossiyadagi Özbekiston fuqarolari avvalo charter reyslar uçun röyxatdan ötişi va öz navbatini kutişi kerak. Charter reys taşkil qilinganda elçixona xodimlari navbat böyiça har bir fuqaro bilan boğlanadi.

Charter reyslarda eng avvalo bemorlar, homilador ayollar, keksalar va yoş bolalilar olib kelinadi.

Botirjon Şermuhammad charter reyslarga röyxatdan ötiş tartibi borasida ham ma'lumot berdi. Unga köra, fuqarolar uç xil tartibda röyxatdan ötişlari mumkin:

1. Charter reyslarga röyxatdan ötiş formasini töldiriş orqali

2. Özbekistonning Rossiyadagi konsullik muassalari tomonidan taşkil qilingan quyidagi Telegram manzillariga ma'lumot yuboriş orqali:

@UzKoRusÇars1

@UzKoRusÇars2

@UzKoRusÇars3

@UzKoRusÇars4

@UzKoRusBot

3. Özbekistonning Rossiyadagi konsullik muassasalariga qönğiroq qilib boğlaniş orqali.

Call-markaz:

+7 499 230-00-76