Qat'iy karantin çoralari tufayli dunyoning qator davlatlari Covid-19 infeksiyasi tarqalişini sekinlaştirişga erişmoqda. Şu bilan birgalikda, infeksiya tarqalişi kundan kunga avj olayotgan davlatlar ham bor.

Rossiya Federatsiyasida pandemiya bilan boğliq vaziyat öta keskinligiça qolmoqda. Bu mamlakatda qatorasiga beş kun davomida yangi zararlaniş holatlari soni 10 mingdan oşiq böldi va bugunga kelib Rossiya jahon reytingida Fransiya va Germaniyani ortda qoldirib, 177 mingdan ortiq holat bilan beşinçi öringa kötarilgan.

Bu davlatda virus yuqtirib olganlar içida Özbekiston fuqarolari ham bor. 

Kun.uz Rossiyada koronavirus taşxisi qöyilgan özbekistonlik bemorlardan biri bilan boğlandi. Asli samarqandlik bölgan Odilbek 5 yil avval turmuş örtoği bilan birga Rossiyaning Sankt-Peterburg şahriga işlaş uçun borgan. Unga bir neça kun avval mahalliy poliklinikalardan birida ötkazilgan tekşiruvlarda koronavirus taşxisi qöyilgan. 

Odatda virus yuqtirgan bemor tezda karantinga olinib, şifoxonaga yotqiziladi. Ammo Odilbekning aytişiça, Rossiyada çet el fuqarolariga (mehnat muhojirlari) nisbatan munosabat biroz boşqaça. Jumladan, vatandoşimizga ham çet el fuqarolari şifoxonaga qabul qilinmasligi, uyga qaytib, paratsetamol tabletkasini köproq iste'mol qilişi kerakligi aytilgan.

Suhbat davomida Odilbekning yonida uning turmuş örtoğini ham bor edi. Suhbatdoşning sözlariga köra, turmuş örtoği özida hozirça virus alomatlarini sezmagan. Ammo şunçaki yuz niqobi bilan virusdan saqlaniş imkonsiz. 

Rossiyadagi vatandoşimiz bilan qilingan suhbatni töliq holda yuqoridagi video orqali tomoşa qiliş mumkin.