Bu haqda ETNews naşri xabar berdi.
Ta'kidlanişiça, Wing deb şartli nomlangan qurilma 6,8 dyuymli aylanuvçi asosiy displey hamda uning ostida joylaşuvçi kvadrat şakldagi 4 dyuymli ekran oladi. Bunday sxema ikkinçi ekranni qöşimça vazifalar uçun qöllaş imkonini beradi. Misol uçun, foydalanuvçi asosiy ekranda suratlar körişi, ikkinçi displeyda esa suratlarni tahrirlaş uskunalari paneli joylaşişi mumkin.

Taxminlarga köra, qurilma 7-seriyadagi Qulacomm Snapdragon protsessori va asosiy kamerasi 64 Mpli uçta kamera bilan jihozlanadi. Qurilma 5G tarmoqni qöllab-quvvatlaydi. Smartfon joriy yilning 2-yarmida sotuvga çiqarilişi va uning narxi 820 dollar bölişi kutilmoqda.
The Verge naşrining eslatişiça, bungaça LG tarixida aylanuvçi ekranli mobil telefonlar bölgan: kompaniya 10 yilça avval bir neçta şunday telefonlar işlab çiqargan. Biroq ularning aylanuvçi ekranlari ostida ikkinçi displey emas, balki klaviatura joylaşgan.











