Mamlakatimiz hududiga öta xavfli yuqumli kasalliklarni qözğatuvçilar kirib kelişining oldini oliş hamda tarqalişi xavfini bartaraf etişning xavfsiz muhofazaning samarali tizimini yaratiş, şuningdek, davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kiriş tartib-taomillarini yanada soddalaştiriş va takomillaştiriş maqsadida, qaror bilan:

2021 yil 1 yanvardan boşlab şunday tartib örnatilmoqdaki, unga muvofiq, Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirişga Eksport qiluvçi taşkilotlar va şaxslar reyestriga kiritilgan xorijiy eksport qiluvçilarga ruxsat beriladi;

tovarlarni olib kirişga ruxsatnoma oliş uçun yiğim belgilandi – BHMning 1 baravari miqdorida;

belgilanişiça, uşbu tartib favqulodda vaziyatlarda, xalqaro körgazmalarda qatnaşişda, laboratoriya tahlillari uçun namunalarda, şuningdek, diplomatik korpus, ilmiy va davlat maqsadlari uçun olib kelinadigan tovarlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
 
Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasiga uç oy muddatda Reyestrni şakllantiriş va yuritiş tartibi töğrisidagi nizomni işlab çiqiş va tasdiqlaş topşirildi.
 
Hujjat 12.08.2020 yildan kuçga kiradi.