Bu haqda Oq uy bayonotida aytilgan.

“Keça davlat departamenti kongressni Eron, Kuba, Şimoliy Koreya, Suriya va Venesuela qurol eksporti ustidan nazorat haqidagi qonunga muvofiq, 2019 yilda terrorçilikka qarşi kuraşda AQŞ bilan tölaqonli hamkorlik qilmagan davlatlar deb belgilanganidan xabardor qildi”, deyilgan hujjatda. 

Xabarda ta'kidlanişiça, yuqorida tilga olingan qonun bunday tasnif ostiga tuşgan davlatlarga mudofaa mahsulotlari va xizmatlarini sotiş va eksport qilişni taqiqlaydi.

Jumladan, AQŞ Kubani Kolumbiyaga Milliy ozodlik armiyasi (MOA) vakillarini berişdan boş tortişda ayblagan. MOA vakillari Kubaga 2017 yilda Kolumbiya hukumati vakillari bilan muzokaralar ötkazgani kelişgan. Uşbu taşkilot 2019 yilda Kolumbiya poytaxti Bogotada 22 kişi halok bölişiga olib kelgan politsiya bölimini portlatiş uçun javobgarlikni öz zimmasiga olgan. 

AQŞ an'anaviy tarzda Eronni dunyoda terrorçilikning eng yirik homiysi deb atab keladi va uni “Hizbulloh” harakati, Falastin va Yaqin Şarqdagi terrorçi guruhlar va tuzilmalarni qöllab-quvvatlaşda ayblab keladi. 

Suriya ham terrorçilarni, jumladan “Hizbulloh”ni qöllab-quvvatlaşda ayblanadi. Şimoliy Koreya esa 1970 yilda Yaponiyaga qaraşli yölovçi samolyotni Şimoliy Koreyaga olib qoçgan 4 nafar yaponiyalikni yaşirayotgani uçun uşbu röyxatga tuşgan. 

AQŞ avvalroq Venesuela rahbariyatiga Kolumbiya inqilob qurolli kuçlari bilan “oğufuruşlik va terrorçilikda hamkorlik qiliş” ayblovini qöygan.