Bu haqda Pentagon öz xabarida ma'lum qildi.
Jumladan, AQŞ kompaniyasi Saudiya Arabistoniga 650 ta SLAM-ER (Stand-off Land Attack Missile - Expanded Response) qanotli raketasi va Block II modifikatsiyasidagi 42 ta Harpoon kemalarga qarşi raketalarini yetkazib beradi.
Şu maqsadda Boeing Ar-Riyod bilan SLAM ER’ni modifikatsiya qiliş işlarini ötkaziş va 650 ta yangi raketa yetkaziş uçun 1,971 mlrd dollarlik şartnoma imzolagan. Ta'kidlanişiça, şartnoma 2028 yil dekabrigaça bajariladi. Ma'lum qilinişiça, SLAM ER raketasining uçiş uzoqligi 270 kmni taşkil qiladi.
Şuningdek, Harpoon Block II raketalarining yetkazilişi Ar-Riyodga 656,98 mln dollarga tuşadi. Bu turdagi raketalar Saudiya Arabistonidan taşqari, Braziliyaga (4 dona), Tailandga (8 dona) va Qatarga (53 dona) yetkaziladi. Uşbu raketaning uçiş uzoqligi 125 kmga yaqinni taşkil qiladi.












