AQŞ korxonalari Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan kelasi yil may oyigaça hamkorlik qila olmaydi. Mamlakat prezidenti Donald Tramp bu borada tegişli hujjatni imzolagan. Bu haqda Reuters xabar bergan.

Hujjatda «qora röyxatdagi» korxonalar nomi aniq aytilmagan va umumiy qilib «milliy xavfsizlikka xavf tuğdiradigan» telekommunikatsiya kompaniyalari bilan hamkorlik çeklanişi aytilgan. Şunday bölsa-da, The Verge naşriga köra, gap Xitoyning Huawei hamda ZTE kompaniyalari haqida ketmoqda.

AQŞ milliy xavfsizligiga tahdid soladigan kompaniyalar bilan hamkorlikni çeklaş 2019 yilda boşlangan. Öşanda amerikalik razvedkaçilar Xitoy AQŞda örnatiladigan Huawei kompaniyasiga tegişli 5G tarmoqlari uçun qurilmalar orqali AQŞdagi telekommunikatsiya tarmoqlarini kuzatiş imkoniga ega bölişi haqida ma'lumot bergan.

The Verge`ga köra, 2019 yilda Huawei AQŞ hududida töliq faoliyatini töxtatgani yöq. U Google kabi yirik kompaniyalar bilan işlolmagan bölsa-da, AQŞ savdo vazirligidan bir neçta vaqtinçalik litsenziyalar olgan. Oxirgi marta bunday litsenziya 2020 yil mart oyida berilgan va 15 may kuni yakuniga yetadi. AQŞ savdo vazirligi litsenziyalarning muddati uzaytirilişi haqida ma'lumot bermagan.