Rossiya fan va oliy ta'lim vaziri Valeriy Falkov koronavirusdan soğaydi va işga qaytmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Putin ma'lum qildi.

Falkov Rossiya hukumatining COVID-19 aniqlangan törtinçi vaziri bölgandi. Avvalroq boş vazir Mixail Mişustin, quriliş vaziri Vladimir Yakuşev va madaniyat vaziri Olga Lyubimova koronavirus yuqtirgandi. 

Şuningdek, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov va davlat dumasining bir neça deputatlarida ham koronavirus aniqlangan. Peskov öziga ikki tomonlama pnevmoniya taşxisi qöyilganini ma'lum qilgan.

Olga Lyubimova 14 may kuni koronavirusdan tuzalib işga qaytayotganini xabar qildi. 

Mixail Mişustin esa yaqin kunlarda işga qaytişi kutilmoqda. 

Oxirgi ma'lumotlarga köra, Rossiyada koronavirusga çalinganlar soni 252 mingdan oşgan, 2,3 ming kişi kasallikdan vafot etgan.