Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ikki tomonlama pnevmoniya taşxisi qöyilgani ma'lum böldi. Bu haqda Peskovning özi «Kommersant»ga bergan intervyusida aytgan. Peskovning aytişiça, unda deyarli har kuni ötkazilgan testlardan birida koronavirus aniqlangan.
«Testdan keyingi birinçi kunda heç qanday alomat bölmadi. Keyin esa 37 darajadan balandroq isitma boşlandi. Hozir bir tomonlama pnevmoniyani uyda ham davolaşmoqda, ammo u ikki tomonlama bölsa, tanlovga imkoniyat yöq. Bir narsaga amin böldimki, virus öpkani tanangiz kabi köp yemirmaydi», degan Kreml matbuot kotibi.
Peskov boşlanişiga bir-ikki kun uyida yotgan, lekin keyinçalik alomatlar jiddiylaşgaç, kasalxonaga yotişga majbur bölgan. Peskovning rafiqasi maşhur figurali uçiş ustasi Tatyana Navkada ham virus aniqlangan. Kreml matbuot kotibi mamlakat prezidenti Vladimir Putin bilan bir oydan oşiqroq vaqt davomida körişmaganini aytgan.
Ma'lumot uçun, Dmitriy Peskovda koronavirus aniqlangani 12 may kuni ma'lum böldi. Kremldagi virusga çalinganlar haqida xabar berib turgan Peskov özining virus yuqtirgani haqida ham özi xabar berdi. Oldinroq Rossiya boş vaziri Mixail Mişustinda, şuningdek, madaniyat vaziri Olga Lyubimova va ta'lim vaziri Valeriy Falkovda ham koronavirus aniqlangandi.













