Bu haqda BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar böyiça departamenti tayyorlagan “Jahon iqtisodiy holati va istiqbollari” ma'ruzasiga tayanib ENCA telekompaniyasi xabar berdi.
“Bunday ölçamdagi yöqotişlar jahon yalpi içki mahsulotining avvalgi 4 yilgi ösişini yöqqa çiqaradi”, deyilgan hujjatda. Sanoati rivojlangan davlatlar YaIM pasayişi 2020 yilda köproqni - 5 foizgaçani taşkil qiladi, rivojlanayotgan davlatlar umumiy YaIM esa 0,7 foizga qisqaradi.
Koronavirus pandemiyasi sababli çeklovlar ostiga jahon iqtisodiyotining 90 foizi tuşgan. Bu esa işlab çiqariş zanjirlari işidagi uzilişlar, iste'mol talabining pasayişi, işsizlik darajasi oşişiga olib keldi.
BMT mutaxassislari hisob-kitobiga köra, pandemiya ommaviy qaşşoqlaşuvga olib keladi, bunda 34,3 mln kişi noçorlikka uçraydi. Bu sondan 56 foizi Afrikaga töğri keladi.
“Köplab davlatlar hukumatlari hozirda qabul qilayotgan rağbatlantiruvçi çoralar ijobiy omil hisoblanadi. Bu çoralar jahon YaIMning 10 foizigaça yetmoqda. Pandemiyadan keyin jahon iqtisodiyoti tiklanişi sur'atlari davlatlarning iqtisodiyotda iş örinlarini saqlab qolişi va aholining eng köp jabrlangan guruhlarini daromad bilan ta'minlay olişiga boğliq böladi”, deb aytgan BMTning boş iqtisodçisi va boş kotibning iqtisodiy rivojlaniş böyiça yordamçisi Elliot Xarris.













