Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) rahbari Tedros Adanom Gebreyyesus barça mamlakatlardagi şifokorlardan koronavirus yuqtirib olgan bolalarda Kavasaki sindromi (multisistemali yalliğlaniş sindromi) alomatlari paydo bölayotganiga alohida e'tibor qaratişni söradi.

«Sönggi paytlarda Yevropa va Şimoliy Amerikadan kelayotgan xabarlarda intensiv terapiya bölimlariga multisistemali yalliğlaniş holatiga tuşib qolgan, Kavasaki sindromiga va zaharli şok sindromiga öxşaş alomatlarga ega bolalar yotqizilayotgani aytilmoqda», — dedi Gebreyyesus.

Dastlabki ma'lumotlarga qaraganda, bu sindromning rivojlanişi aynan koronavirus bilan zararlaniş oqibatida yuzaga kelgan bölişi mumkin.

«Bu klinik sindromni zudlik bilan sinçiklab örganiş, uning kelib çiqiş sabablarini tuşuniş va davolaniş yöllariga ta'rif beriş lozim... Butun dunyo şifokorlarini bolalardagi bu xavfli sindromdan ogoh bölişga, hukumat vakillari va JSST bilan hamkorlik qilişga çaqiraman», dedi JSST rahbari.

Gebreyyesusning sözlariga köra, JSST bu sindromning dastlabki ta'riflarini va u aniqlangan holatlarda töldiriladigan hisobot şaklini işlab çiqdi.

Kavasaki sindromiga birinçi marta 1967 yilda yaponiyalik pediatr Tomisaku Kavasaki tomonidan ta'rif berilgan. Odatda u 5 yoşgaça bölgan bolalarni zararlaydi. Bu sindrom oqibatida bemorda qon tomirlari yalliğlanişi (vaskulit) va bezgak boşlanadi. Ba'zan anevrizma, tromb va bolaning ölimiga olib keladi. Hozirça bu kasallikni davolaşning samarali usullari yöq. Bunda şifokorlar asosan simptomlarga qarşi davolaş usulidan foydalanişmoqda.

Koronavirus bilan kasallangan bolalarda Kavasaki sindromiga öxşaş alomatlar paydo bölayotgani haqidagi xabarlar dastlab aprel oyining oxiri, may oyining boşida paydo böldi. Xususan, 27 aprel kuni Buyuk Britaniya soğliqni saqlaş vaziri Mett Henkok, 5 may kuni Nyu-York ma'muriyati bu haqda xabar berişdi. 

13 may kuni The Lancet tibbiyot naşri Italiyaning koronavirus öçoğiga aylangan Bergamo viloyatida Kavasaki sindromi bilan xastalangan bemorlar soni keskin oşgani haqida yozdi.

«SARS-CoV-2 epidemiyasi Kavasaki kasalligi oğir şakllarining tarqalişiga olib keldi. Epidemiya avj olgan boşqa mamlakatlarda ham uning xuruj qilişi kutilmoqda», — deyiladi tadqiqot xulosalarida.