Jumladan, Falanstin hukumati 22 maydan Ramazon hayiti boşlanişi bilan 3 kunga fuqarolarning mamlakat içida harakatlanişiga töliq taqiqlov kiritmoqda. Bu haqda Falastin boş vaziri Muhammad Ştayyega tayanib TASS axborot agentligi xabar berdi.
“25 maygaça uç kun davomida şaharlar, qişloqlar va qoçqinlar lagerlarida har qanday harakatlaniş taqiqlanadi. Faqatgina novvoyxonalar va dorixonalar işlaydi”, deb aytgan Ştayye.
Bayram vaqtida barça davlat va xususiy taşkilotlar yopiq böladi. Hayit tugagaç, hukumat tomonidan qabul qilingan çoralar samaradorligiga baho beriladi va çeklovlarning yumşatilişi masalasi hal qilinadi.
Jon Hopkins universiteti ma'lumotlariga köra, ayni vaqtda Falastinda koronavirusga çalinganlar soni 376 nafarni, undan vafot etganlar 2 nafarni taşkil qilmoqda.
Şuningdek, Iroqda 22 maydan boşlab 8 kunlik muddatga komendantlik soati joriy qilinadi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.
Kun böyi amal qiladigan özini izolyatsiyalaş rejimi 30 maygaça davom etadi. Iroqliklar ham Ramazon hayiti kunlarini izolyatsiyada ötkazişlariga töğri keladi.
Ayni vaqtda Iroqda koronavirusga çalinganlar soni 3260 nafarni, undan vafot etganlar 121 nafarni taşkil qilmoqda.













