Ispaniya hukumati xorijdan keladigan reyslarni qabul qiluvçi aeroportlar röyxatini kengaytirdi. Bu haqda mamlakat transport vaziri Xose Luis Abalos ma'lum qildi.

Ötgan haftada beşta aeroport - Madrid, Barselona, Gran-Kanariya, Malaga va Palma-de-Mayorka aeroportlariga xorijdan reyslarni qabul qilişga ruxsat berilgandi. 

Ammo mahalliy hukumatlarning bosimi ostida transport vazirligi röyxatni kengaytirişga rozi böldi.

"Alikante, Valensiya, Tenerife-Janub, Fuerteventura, Lansarote, Sevilya, Ibitsa va Menorka aeroportlarini ham jamoat soğliğini saqlaş sohasida xalqaro favqulodda vaziyatlar uçun xizmat körsatiş imkoniyatini beruvçi nuqtalar sifatida röyxatga kiritdik", - deb yozdi transport vaziri Twitter sahifasida.

Xorijdan keladigan barça yölovçilar tibbiy nazoratdan ötişlari şart. Bundan taşqari, 15 maydan boşlab xorijdan keladiganlar ikki haftalik karantinga joylaştiriladi. 

Ispaniyada havo va dengiz çegaralaridan ötiş qoidalari 23 martdan qat'iylaştirilgan va çeklov çoralari 24 maygaça  uzaytirilgandi.