Bir guruh xodimlar 1 may kuni texnogen vaziyat vujudga kelgan kundan boşlab zarar yetkazilgan joylarga har kuni çiqib, toşqin tufayli talafot yetkazilgan Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlarida olib borilayotgan qidiruv-qutqaruv işlarida qatnaşib, aholiga yaqindan yordam berib kelişyapti.

Jumladan, Mirzaobod tumani hududida toşqindan zarar körib, keyinçalik qaytib kelgan 160 nafar fuqaro bilan boğliq oziq-ovqat muammosi yuzaga kelganligi aniqlanib, tuman hokimligi bilan hamkorlikda 8 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari keçiktirilmasdan tarqatildi. Bundan taşqari, Sardoba tumanining “Yurtdoş” MFY hududidagi 50 ta xonadonda yaşovçilar işçi guruhga içimlik suvi yetkazib berilmayotganligi haqida murojaat qilgan edilar. Uşbu muammo tuman “Suvoqava” boşqarmasi xodimlarini jalb qilgan holda tezda örganib çiqilib, imkoniyat darajasida ijobiy hal etildi.

DXX xodimlarining taşabbusi va sa'y-harakatlari bilan Oqoltin tumanining suv toşqini yuz bergan “Ahillik” mahallasidagi 60 ta xonadon viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik markazi xodimlari tomonidan talab darajasida sifatli dezinfeksiya qilindi.

Şu bilan birga, “Navbahor” MFYda yaşovçi X.Şaripova bilan suhbat ötkazilganida, mahalla hududidan “Bahoriston” MFYga evakuatsiya qilingan 126 nafar fuqaroga 11 may kunidan buyon oziq-ovqat mahsulotlari berilmayotgani, bundan taşqari, ularga dori vositalari ham zarurligi töğrisidagi ma'lumotlar olinib, tez orada tuman hokimligi vakillarini jalb qilgan holda uşbu kamçilik ham bartaraf etildi.

DXX xodimlari toşqindan aziyat çekkan odamlarga hamdard, hamnafas bölib, ularni tuşkunlik holatidan çiqariş, kayfiyatini kötariş, ma'naviy kuç-quvvat bağişlaş uçun zarur psixologik tavsiyalari va maslahatlarini ayamay, mavjud muammolarini bartaraf etişni davom ettirişmoqda, deyiladi taşkilot xabarida.