Toşkentda fuqarolarga xalqaro SAT sertifikatini noqonuniy olib beriş bilan şuğullangan guruh faoliyatiga çek qöyildi. Bu haqda DXX xabar berdi.

SAT - universitetlarga öqişga kirişda abituriyentning matematika, öqiş va yoziş könikmalarini baholaş uçun qöllaniladigan xalqaro standartlaştirilgan test. SAT böyiça yuqori natija ayrim oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayonida muhim ahamiyatga ega bölişi mumkin.

DXX maʼlumotiga köra, guruh aʼzolarining aksariyati Yevropadagi nufuzli universitetning Toşkentdagi filiali talabalari bölgan. Yana bir gumonlanuvçi Osiyodagi davlat universitetining poytaxtdagi filialida tahsil olgan.

Ular Yangihayot tumanidagi xususiy maktab binosida «bunker» taşkil qilgan. IT sohasiga ixtisoslaşgan korxona mutaxassisi yaşirin tarzda tizimga kirib, test savollarini işlaş imkoniyatini yaratgan. Guruh aʼzolari esa masofadan turib talabgorlar örniga savollarni yeçib bergan.

Guruh aʼzolaridan biri SAT sertifikatini olmoqçi bölgan beş nafar fuqaroning har biridan 1,5 ming dollardan talab qilgan. Talabgorlardan birining puli kriptohamyon orqali olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.