Majburiy niqob taqiş, masofa saqlaş va samolyotlardagi yölovçilar sonini kamaytiriş, dezinfeksiya – Yevropa aviatsion xavfsizlik agentligi (EASA) va Yevropa kasalliklar profilaktikasi va nazorat markazi (ECDC) koronavirus pandemiyasi davrida parvoz qiladigan laynerlar uçun ana şunday tavsiyalarni berdi. Bu haqda Le Soir gazetasi xabar bermoqda.
Olti yoşgaça bölgan bolalardan taşqari barça yölovçi va xizmatçilarga niqob taqiş tavsiya etilgan. Bundan taşqari, niqoblar har tört soatda almaştirilişi, yölovçilar parvoz vaqti uçun yetarliça miqdorda niqoblarga ega bölişi lozim.
Parvozning barça bosqiçlarida odamlar orasida 1,5 metr ijtimoiy masofa saqlaş tavsiya qilinmoqda. Buning uçun har bir örindiqdan keyingisini yoki har ikkinçi qatordagi örindiqlarni böş qoldiriş taklif etilgan.
Agarda bunday masofalanişning imkoniyati bölmasa, "yölovçi va ekipaj a'zolari muntazam ravişda boşqa himoya çoralarini körişi kerak", deyiladi agentliklarning qöşma tavsiyanomasida.
Le Soir gazetasining qayd etişiça, 290ta aviakompaniyani birlaştirgan Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi bunday masofalaniş çoralariga qarşi çiqib, yölovçilar sonining kamaytirilişi havo kemalarining zararga işlaşiga va çiptalar narxining sezilarli darajada kötarilişiga olib kelişini bildirgan.













