2020 yilning 15 may kuni Jizzax viloyati Paxtakor tumani hududida joylaşgan «Jizzaxagrokimyohimoya» HAJ mas'ul xodimlari tuman IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Ular öz murojaatida joriy yilning 6 may kunidan 14 may kuniga qadar noma'lum şaxslar omborning orqa tomon devorini buziş yöli bilan ğayriqonuniy ravişda kirib, omborda saqlanayotgan «ammafos» mineral öğitining bir qismini öğirlab ketganliklarini ma'lum qilgan.

Tergovga qadar tekşiruv davomida, noma'lum şaxslar tomonidan    umumiy bahosi 55 mln. 400 ming sömlik jami 9 tonna 900 kg. «ammafos» mineral öğiti yaşirin ravişda talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Paxtakor tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan noma'lum şaxslarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (öğirlik) bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida Paxtakor tumanida yaşovçi 9 nafar fuqaro oldindan jinoiy til biriktirib, tungi vaqtlari «Jizzaxagrokimyohimoya» HAJ maydoni böylab öralgan beton devorning tuynugi orqali kirib, hududda joylaşgan omborxona binosining orqa tomonidagi ğiştdan terilgan devorini teşiş yöli bilan omborga ğayriqonuniy ravişda kirgani aniqlangan.

Ular u yerda saqlanayotgan qöşma korxona hisobida bölgan umumiy bahosi 55.400.000 sömlik 9.900 kg «Ammafos» mineral öğitini bölib-bölib, bir neça marta yaşirin ravişda jamiyat hududidan olib çiqib, taşqarida kutib turgan «Neksiya-2» va «Kobalt» rusumli avtomaşinalarga yuklab olib ketib, Jizzax viloyatining Ğallaorol va Samarqand viloyatining Bulunğur tumanlaridagi dehqon xöjaliklariga sotiş bilan şuğullanib kelganliklari ma'lum bölgan.

Qayd etilişiça, uşbu avtomaşinalardan qoplangan holatdagi «ammafos» mineral öğitlari, şuningdek mineral öğitlarning qoplari aşyoviy dalil tariqasida hujjatlaştirib olingan.