AQŞ Energiyaga oid ma'lumotlar boşqarmasining yangi prognozlariga köra, bu yil Amerikada qayta tiklanuvçi manbalardan olingan elektr energiyasi hajmi tarixda birinçi marta kömirdan olingan elektr energiyasi miqdoridan köp bölişi kutilyapti.
Bloomberg`ning yozişiça, bu – juda zör natija sifatida baholanmoqda. 10 yil avval AQŞda işlab çiqarilgan elektr energiyasining qariyb yarmi kömirni yoqiş orqali olinardi.
Tramp administratsiyasi pandemiyaning şiddat bilan yoyilayotganiga qaramay, halokat yoqasidagi sanoatni tiklaş uçun barça çoralarni körişga harakat qilmoqda. Jamoatçilik prezident ma'muriyatining bu xatti-harakatlari 10 minglab qurbonlarga olib kelişi mumkinligini aytmoqda.
13 may kuni AQŞning 9ta ştati prezident administratsiyasini sudga berdi. Da'vogarlarning fikriça, prezident administratsiyasi inqiroz davrida mamlakatning atrof-muhitni muhofaza qiliş haqidagi qonunlari ijrosini ta'minlaş majburiyatini bajarişdan boş tortmoqda.
Bunga administratsiyaning harakatlanişga qöyilgan çeklovlar va işçi kuçi yetişmasligi bahonasida atrof-muhit muhofazasi haqidagi qonun amaliyotini yumşatiş töğrisida çiqargan qarori sabab böldi.
Pandemiya boşlangaç, Amerikada toza energiya sohasida mehnat qilayotgan qariyb 600 ming xodim işsiz qoldi. Bu – mazkur tarmoqda sönggi uç yilda yaratilgan iş örinlaridan ikki barobardan köproqdir. Umuman, sanoatning şu tarmoğida band aholining deyarli 18 foizi işini yöqotdi.
Bundan taşqari, qançalik ğalati bölmasin, havo ifloslanişining kamayişi Kaliforniyada iqlim muhofazasiga salbiy ta'sir körsatişi mumkin. Issiqxona gazlari ajralib çiqişi kamaysa, öz-özidan issiqxona gazlari kvotalari savdosidan tuşadigan daromadlar ham kamayadi. Atrof-muhitni muhofaza qiliş tadbirlari ayni şu daromadlar hisobidan moliyalaştiriladi.
Xitoy

Foto: Qilai Shen/Bloomberg
Xitoy qazilma yoqilğilarning atrofga eng köp ziyon yetkazuvçi turi –kömirdan voz keçiş uçun milliardlab dollar sarflamoqda.
Mamlakatdagi ba'zi yirik davlat kompaniyalari gibrid loyihalarga katta pul tikmoqda. Bu orqali şamol va quyoş energiyasini birlaştirib, energiyani zaxirada jamlaş imkoni yaratiladi. Ya'ni gibrid loyihalar quyoş çaraqlamagan, şamol esmagan paytda ham uzluksiz energiya ta'minotini yaratişi lozim.
Yevropa
Yevropada vaziyat nisbatan yaxşi. Ba'zi mamlakatlar atmosfera ifloslaniş darajasining qisqarişini qöllab-quvvatlamoqda. Xususan, Buyuk Britaniya boş vaziri Boris Jonson aviaqatnovlar tiklangandan keyin jahon aviasanoati karbon dioksidi gazlari çiqarilişini qisqartirişi lozimligini ta'kidladi.
«Joriy yil sayyorada karbonat angidrid çiqarilişi rejalaştirilmagan tarzda sezilarli darajada qisqaradi. Bu holatni saqlab qolişimiz kerak. Atmosferaga zararli taşlanmalar çiqarilgan avvalgi davrga qaytişimizni körişni istamasdim», dedi Jonson 13 may kuni parlamentdagi çiqişida.
Yevropa ittifoqi a'zo davlatlari hozirda «Yaşil bitim»ning işçi variantini körib çiqişmoqda. Germaniya kansleri Angela Merkelning siyosiy ittifoqçilari Ittifoqning boşqa davlatlarini iqlim muhofazasidagi harakatlarni kuçaytirişga va bu borada mas'uliyatning köproq qismini özlariga olişga undamoqda.
«Yaşil bitim» – Yevroittifoqni 30 yildan keyin karbon gazlari neytral bölgan hududga aylantirişni közda tutuvçi yirik loyiha. Şuningdek, unda jami energiya iste'molining 32 foizini qayta tiklanuvçi energiya hisobiga taşkil etiş nazarda tutiladi. 2021 yildan boşlab Yagona qişloq xöjaligi siyosati budjetining 40 foizi iqlim muammolarini hal qiliş uçun yönaltiriladi.
Uşbu ijobiy özgarişlar öz yöliga. Ammo insoniyat iqlim oldidagi avvalgi xatolari uçun tovon tölaşi lozim. Yaqin ön yillikda issiqlik va namlikning halokatli kombinatsiyasi sayyoraning hozirda hayot mavjud bölgan hududlarini bir neça oyga yaşaş imkonsiz bölgan holatga keltirişi mumkinligi haqida iqlimşunoslar avvalroq ogohlantirişgan edi. Ya'ni muayyan hududda issiqlik va namlik darajasi 35 darajaga yetganda inson tanasi «tiriklik çegarasi»da böladi – issiq va nam harorat tananing terlaş orqali özini sovutişga imkon bermaydi, natijada tana hayot uçun xavfli darajada qizib ketadi. Bunday havo harorati şaroitida odam soyada harakatsiz, yetarliça suv zaxirasi bilan, terlaş uçun qulay kiyimda bölgan holatdagina tanasini qizib ketişidan saqlanişi mumkin.
Science Advances jurnalida çop etilgan yangi taqdiqotlarga köra, havo haroratidagi bunday özgariş köp kuttirmasdan yaqin orada kuzatilişi mumkin – Fors körfazi, Pokistonning ba'zi hududlari va Meksika körfazi sohillarida issiqlik va namlikning aralaşuvi holatlari qayd etila boşlangan.












