Bu haqda Çernogoriyaning jamoat soğliğini saqlaş instituti tvitterda ma'lum qilgan.
“Rasman: ayni vaqtda Çernogoriyada koronavirusga çaliniş holatlari mavjud emas. Çernogoriyada birinçi holat qayd qilingandan 68 kun ötib koronavirusga çalingan birorta bemor yöq”, deyilgan xabarda.
Ta'kidlanişiça, 24 may kuni mamlakatda koronavirusni tekşiriş uçun olingan 140 namunaning tahlili yakunlangan, ular orasida birorta musbat natija qayd qilinmagan.
Aholisi 630 ming kişilik Çernogoriya Yevropaning koronavirus yetib borgan oxirgi davlati bölgandi. Mamlakatda ilk kasallaniş holati 17 mart kuni qayd qilingan. Şu vaqt içida mamlakatda umumiy hisobda 324 kişi koronavirusga çalingan, ulardan 9 kişi vafot etgan, 315 kişi soğayib ketgan.













