Jahon iqtisodiyoti pasayib ketdi va 2020 yil natijalariga köra avval kutilganidan ham köproqqa tuşib ketadi. Bu haqda Fitch agentligining yangilangan prognozida aytilmoqda.

Aprel oxirida agentlik tahlilçilari global YaIM yil yakunlariga köra 3,9 foizga kamayişini taxmin qilgandi, ammon endilikda bu raqam 4,6 foizga teng bölişi taxmin qilinmoqda. Bunga Yevrohudud va Buyuk Britaniya iqtisodiyotining pasayişi borasidagi kutişlarning qayta körib çiqilişi sabab böldi. Ekspertlar pasayiş mos ravişda 8,2 va 7,8 foizni taşkil qilişini kutişmoqda. Avvalgi prognozda bu körsatkiç 7 va 6,3 foizga teng bölişi taxmin qilingandi.

Şuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlar YaIM pasayişi böyiça ham taxminlar yomonlaşgan. Yil yakuniga köra, pasayiş 4,5 foizni taşkil etadi (Xitoyni hisobga olmaganda), aprelda pasayiş 1,9 foiz bölişi taxmin qilingandi. 

Ekspertlar Braziliya, Hindiston va Rossiya böyiça eng salbiy prognozlarni bermoqda.  

Xitoy, AQŞ va Yaponiya iqtisodiyoti pasayişi körsatkiçlari avvalgidek qoldi. Ularda bu raqam mos ravişda 0,7, 5,6 va 5 foizga teng böladi.

Jahon iqtisodiyotining pasayişiga koronavirus pandemiyasi oqibatida mamlakatlarda kiritilgan turli çeklov çoralari sababli yirik işlab çiqarişlar va xizmatlarning töxtab qolganligi sabab bölmoqda.