12 mart kuni 43 yoşli Kim Vay Lida koronavirus alomatlari paydo bölgan. U deyarli 2 hafta sun'iy komada bölgan. 1,7 metr böyga ega Li şifoxonaga tuşgunça 95 kg toş bosgan. Erkak davolanib uyiga qaytganda 63,5 kg kelgan va uyidagi barça şimlari unga holpillab qolgan.

“Men közguda qança vazn yöqotganimni körgaç özimni tanimadim”, deb aytgan Li. Uning rafiqasi va ikki farzandi ham Lining qançalik özgarib ketganidan hayratga tuşişgan. Kasallikdan keyingi dastlabki vaqt u juda kuçsiz bölib, hattoki mustaqil ravişda duş qabul qiliş yoki tanovul qilişga ojiz bölgan. Biroq u kun sayin kuçga kirib, unga vazn yöqotişi tuhfa qilgan ikkinçi imkoniyatni qadrlamoqda.

Li unda koronavirusning oğir keçişida ortiqça vaznni ayblagan. U şifoxonaga yotqizilgungaça ortiqça vazn sababli yuqori qon bosimidan aziyat çekkan, biroq hozirda u bu muammodan foriğ bölgan. “Men vaznimni şu darajada saqlab qolmoqçiman. Men avval qon bosimidan tabletkalar qabul qilardim, hozir esa u me'yorida”, deb ta'kidlab ötgan Li.
U koronavirusga çalinganini hayotining qayğuli damlari sifatida qabul qilmasligini, balki buni unga berilgan ikkinçi imkoniyat deb hisoblaşini aytgan.













