Dunyoda bolalar gipertoniyasi bilan kasallaniş holatlari köpaymoqda, deyiladi Lancet portalida e’lon qilingan tadqiqotda.
«Bolalar gipertoniyasi butun dunyo böylab yoş aholining sezilarli va ösib borayotgan qismini qamrab olmoqda», deyiladi naşr xabarida.
Olimlar bu tendensiyani turmuş tarzining yomonlaşuvi va semiriş holatlarining köpayişi bilan boğlamoqda. Naşr mualliflari qariyb 444 ming bolani qamrab olgan maqolalar ma’lumotlarini tahlil qilib, 2000-2020 yillar oraliğida bolalar gipertoniyasining tarqalişi deyarli ikki baravarga oşganini aniqlaşga muvaffaq böldi: öğil bolalarda 3,4 foizdan 6,53 foizgaça va qizlarda 3 foizdan 5,82 foizgaça.
Tadqiqot natijalarini şarhlar ekan, Ispaniya kardiologiya jamiyati prezidenti Ignasio Fernandes Losano mutaxassislar öz amaliyotida uzoq vaqtdan beri kuzatib kelayotgan narsa tasdiqlanganini aytdi.
«Bu xavotirli, çunki biz bolalar va ösmirlarda yurak-qon tomir tizimining holati doimiy ravişda yomonlaşib borayotganini körmoqdamiz. Gipertoniya - bu kattalar kasalligi va uning bunday yoşda paydo bölişi xavotir uyğotadi», deb ogohlantirdi u.
JSST ma’lumotlariga köra, 2020 yil oxirida dunyoda 1,13 milliard odamda gipertoniya kasalligi mavjud bölib, ularning taxminan 40 foizi öz kasalligi haqida bilmaydi va faqat 10 foizi davolanadi.

















