“Bu körinmas virusdan bir ölim ham juda köpdir. Uni vujudga kelgan joyi – Xitoyda töxtatiş lozim edi. Biroq men juda tez harakat qildim va faqat töğri qarorlar qabul qildim. Agar men öz işimni yaxşi bajarmaganimda, biz 100 ming emas, balki 1,5-2 mln kişini yöqotgan bölardik. Men Xitoydan kirişni juda erta yopdim!”, deb yozgan Tramp tvitterdagi sahifasida.

AQŞ prezidenti uning siyosiy raqiblari, misol uçun, kongressning vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi avval Trampning bu sa'y-harakatlarini vaqtidan ilgari deb hisoblaşganini eslatib ötgan.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, AQŞda koronavirusga çalinganlar soni 1,725 mlndan oşdi, undan vafot etganlar 100572 nafarni taşkil qilmoqda. Şu bilan birga 479 mingdan köproq kişi soğayib ketgan.