2020 yil 27 may kuni videokonferensaloqa şaklida «Özbekiston - AQŞ - Afğoniston» birinçi uç tomonlama majlisi bölib ötdi.
Tadbir Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov, AQŞ davlat kotibining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Devid Heyl va Afğoniston taşqi işlar vaziri Hanif Atmar iştirokida ötdi.
TIV xabariga köra, taşqi siyosat idoralari rahbarlari «Özbekiston - AQŞ - Afğoniston» uç tomonlama şakli Afğonistondagi tinçlik jarayonini ilgari suriş, mamlakat iqtisodiyotini tiklaş, şuningdek, uni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga faol jalb etişga qaratilgan amaliy takliflarni tayyorlaş böyiça dolzarb maslahatlaşuv mexanizmi ekanligini qayd etdilar.
Tomonlar Afğoniston inklyuziv hukumatini şakllantiriş va Milliy yaraşuv böyiça Oliy kengaşni taşkil etiş töğrisidagi joriy yil 17 mayda imzolangan siyosiy bitim tuzilişini, Afğoniston hukumati va «Tolibon» harakati tomonidan mahbuslarni ozod qiliş amaliyotini davom ettirilişini yuqori baholadilar.
«Surxon – Puli-Xumri» elektr uzatiş liniyasi, Pokiston dengiz portlariga çiqiş imkonini beruvçi «Mozori-Şarif – Kobul», «Mozori-Şarif – Hirot» temir yöllari qurilişi kabi muhim loyihalarni jadal tatbiq etiş zarurligi ta'kidlandi.
Videokonferensiya iştirokçilari qayd etganidek, koronavirus pandemiyasi afğon xalqiga insonparvarlik yordamini beriş, avvalo, dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlaş böyiça xalqaro hamkorlikni kengaytiriş zarurligini taqozo etmoqda. AQŞ va Afğoniston vakillari Özbekiston rahbariyatiga Afğonistonga tovarlarni uzluksiz yetkazib beriş, şuningdek, koronavirus tarqalişi davrida tranzit yuk taşiş ta'minlangani uçun minnatdorlik izhor etdilar.
Işni optimallaştiriş va uç tomonlama şaklda hamkorlikni samarali yölga qöyiş maqsadida tomonlar muhokama qilingan hamkorlik yönalişlari böyiça tegişli işçi guruhlarini taşkil etişga kelişib oldilar.
Tadbir yakunida «Özbekiston - AQŞ - Afğoniston» uç tomonlama uçraşuvining Qöşma bayonoti qabul qilindi, deyiladi xabarda.












