The Korea Times naşrining xabar berişiça, majmualarni bazaga yetkaziş böyiça operatsiya majmualarning joylaştirilişiga qarşi çiqayotgan Janubiy Koreya jamoatçiligi e'tiborini qamroq jalb qiliş maqsadida 29 mayga ötar keçasi amalga oşirilgan.
AQŞning Janubiy Koreyadagi kuçlari qömondonligining (USFK) ma'lum qilişiça, uşbu amaliyotdan maqsad eski majmualar, generatorlar, elektron qurilmalarni yangisiga almaştiriş hamda baza şaxsiy tarkibi yaşaş şaroitlarini yaxşilaşdan iborat. Ta'kidlanişiça, mamlakatga qança eski raketa olib çiqilgan bölsa, şunça yangi raketa olib kelingan. USFKT’da ma'lum qilinişiça, qömondonlik öz bazalarida bunday qurilmalarni muntazam tarzda almaştirib turadi.
Majmualarning joylaştirilişiga qarşi çiqayotgan faollar AQŞ bazasiga olib boruvçi yöllarni tösişga harakat qilişgan. Ularni majmualar atrof-muhitga yetkazişi mumkin bölgan ziyon taşvişlantirmoqda. Norozilik aksiyasini bostiriş va hududda tartibni saqlaş uçun voqea joyiga 3,7 mingga yaqin politsiyaçi jönatilgan. Ma'lum qilinişiça, politsiya va namoyişçilar örtasida töqnaşuvlar yuz bergan.
Bundan taşqari, bu operatsiyaga Xitoy qarşi çiqqan. Xitoy AQŞning raketaga qarşi tizimlarining mintaqada joylaştirişiga norozilik bildirib keladi.












