Joriy yilning 28 may kuni soat 14:20lar atrofida Toşkent şahrining Olmazor tumanida yaşovçilar A.M., aka-uka D.I. va O.I. Çilonzor-7 dahasidagi uy oldida şu yerda yaşovçi F.A. va uning hamkasbi R.Ş.ni kuç işlatiş yöli bilan qörqitgan.
IIV axborot xizmati xabariga köra, ular F.A.ning qölidan içida 38 500 000 söm puli, fuqarolik pasporti va uyining kaliti bölgan ayollar sumkasini tortib olgan. R.Ş.ning qölidagi barsetkasini tortib olmoqçi bölganlarida, u qarşilik körsatgan, şundan söng ular D.I. boşqaruvidagi “Kobalt” avtomaşinasiga ötirib, voqea joyidan yaşiringanlar.
Içki işlar xodimlarining amalga oşirgan çora-tadbirlari natijasida A.M., D.I. va O.I. uşlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi va 227-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergovni IIB olib bormoqda.












