Asar Italiyada bessellerga aylandi, bir hafta ötmay Amazon’dagi futbol adabiyotlari orasida yetakçilik qilmoqda, barça kategoriyalar böyiça ham kuçli öttiztalikdan joy olgan. Ayniqsa, kitob sotuvga çiqişidan oldinroq, bir qator parçalar matbuotda e'lon qilingan va hatto buning oqibatida futbolçi Balotelli, Melo va Vidal kabi futbolçilar bilan uruşib ham qolişga ulgurgandi. Bularning hammasi kitobning yaxşigina reklamasi sifatida xizmat qilgandi. Zero futbolçilar bilan Kellini yaraşib oldi, kitob esa, köpçilik kutganidek, provakatsion emas. Aksinça, Kellinining ança mulohazali şaxs sifatida namoyon etadi. Quyida uşbu asardan ba'zi qiziq mavzularini havola etamiz.

«Arsenal» yoki «Mançester Siti»ga ötişi mumkin edi

Kellini 15 yildan beri «Yuventus»da. U allaqaçon turinliklar safida 509 öyinda maydonga tuşgan va bu tarixdagi 5-körsatkiç bölsa-da, qahramonimiz yoşligida «Yuventus»da öynaşni orzu qilmagan. Jorjoning aytişiça, u bolalikda onasining sevimli jamoasi bölgan «Milan» muxlisi bölgan, lekin maqsadi, qaysi klub bölişidan qat'i nazar, A Seriya klubida öynaş edi.

Jorjo Livornoda ulğaydi va 13 yoşidan mahalliy klub yoşlar jamoasida şuğullandi. 16 yoşida esa, Kellini «Arsenal»ga ötişi mumkin edi. Londonliklar unga yiliga 100 ming yevro atrofida maoş taklif qilgandi.

«Men uçun juda katta pul edi, lekin rad qilganman. Özim ulğaygan klubni tekinga tark etiş notöğri böladi, deb öylaganman. Balki Angliyada boriş, til örganiş, aqlli qaror bölardi, ammo oilam bilan şoşilmaslikka kelişdik. Men «Arsenal» taklif qilgan pulning 17 barobar kamiga «Livorno» bilan şartnoma imzoladim», deydi futbolçi.  

2002 yilda futbolçi transferining yarmini «Roma» sotib oldi. Keyingi mavsumda «Livorno»ning asosiy tarkibiga kirib, B Seriyada 41 öyin ötkazgan Kellini Rimga borişiga işonardi.

«Endi «Roma» öyinçisi bölişimga şubha yöq edi. Klub rahbarlari kelişib ham olgandi. Men Spalletti bilan birga işlaşni juda istayotgandim. Kelasi haftada şartnomaga qöl qöyişimiz kerak edi, ammo, klub prezidenti Spinelli qönğiroq qilib, zudlik bilan Milanga borişim lozimligini aytdi», deb yozadi Kellini.

Himoyaçiga «Milan», «Yuventus», «Inter» va «Roma» – kuçli törtlik da'vogar bölib, Kellinini barça variantlar qoniqtirardi. Milanda xonaga Modji, Jiraudo va Betteganing kirib kelganini körgan Jorjo hammasini tuşunadi. Ertasigayoq «Yuventus» bilan şartnomaga imzo çekildi.