“Tolibon” harakati 70dan ortiq mahbusni ozodlikka çiqardi. Bu haqda toliblarning Qatardagi siyosiy ofisi rasmiy vakili Suhayl Şahinga tayanib Tolo News telekanali xabar berdi.
Xabar qilinişiça, toliblar Balx, Qunduz, Logar, Paktiya, Xost va Paktika viloyatlarida 73 nafar mahbusni ozod qilgan. Şahinning sözlariga köra, "Tolibon" ozodlikka çiqargan mahbuslar soni 420 nafarga yetgan.
Avvalroq Afğoniston milliy xavfsizlik kengaşi vakili Javid Faysal “Tolibon” delegatsiyasi Afğoniston hukumatining texnik guruhi bilan ikki tomondan mahbuslarni ozod qiliş masalalari borasida kelişib oliş uçun Kobulga kelganini ma'lum qilgandi.
“Tolibon” ötgan haftada Ramazon hayiti nişonlanişi munosabati bilan 3 kunga öt oçişni töxtatişini e'lon qilgandi.
Buning ertasiga Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani “Tolibon”ning sulh e'lon qilişiga javoban qamoqxonalardan 2 mingga yaqin tolibni ozod qiliş töğrisida farmoyiş berdi.












