Ukraina 15 iyundan xalqaro aviaqatnovlarni tiklaşni rejalaştirmoqda.
"15 iyundan xalqaro va içki aviaqatnovlar oçiladi. Içki aviaqatnovlar ertaroq oçilişi ham mumkin", - dedi mamlakat infrastruktura vaziri Vladislav Krikliy.
Uning sözlariga köra, xalqaro yönalişlardagi aviaqatnovlar birinçi navbatda turistik mamlakatlarga tiklanadi.
"Bular köpçilik kutayotgan Turkiya, Gretsiya, Kipr, Monte-Negro, Xorvatiya, Gruziya. Yanada aniqroq ma'lumotni bir hafta içida e'lon qilamiz", - dedi Krikliy.
Vazirning aytişiça, Ukraina hozirça Italiya va Ispaniya bilan aviaqatnovlarni tiklaşni rejalaştirmayapti.
U şuningdek, asosiy turistik yönalişlarda qatnovçi poyezdlar soni oşirilişini ham aytib ötdi.













