Afroamerikalik Jorj Floydning ölimi sababli Vaşingtonda ötkazilgan norozilik namoyişi iştirokçilari bilan töqnaşuvlar natijasida AQŞ maxfiy xizmatining 50dan ortiq xodimi jarohatlandi. Bu haqda öz manbasiga tayanib Fox News xabar berdi.

Vaşington xavfsizlik tizimida işlaydigan manbaning aytişiça, namoyişçilar kuç işlatuvçi tuzilmalar xodimlariga yonuvçi aralaşma solingan şişalarni uloqtirmoqda. Vaşington köçalarida tartib saqlaşda politsiya va milliy xavfsizlik vazirligi xodimlariga yordam beriş uçun maxfiy xizmatdan taşqari federal marşallar, giyohvandlikka qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari va milliy gvardiya jalb etilgan.

25 may kuni afroamerikalik Jorj Floyd politsiya tomonidan qölga olinayotganda vafot etdi. Oq tanli politsiyaçi Derek Şovin 7 daqiqa davomida Floydning yuzini alfaltga bosgan holda uşlab turgan va oqibatda nafasi böğilgan Floyd voqea joyida jon bergan. Uç nafar politsiyaçi barçasini tomoşa qilib turgan. Bu esa mamlakatda irqçilikka qarşi keskin namoyişlar ötkazilişiga sabab böldi. 

Qator şaharlarda komendantlik soati joriy etildi. Associated Press agentligining xabar berişiça, keyingi uç kun davomida 4100 kişi qölga olingan.