AQŞda afroamerikalik Jorj Floydning ölimi sababli bir neça kundan buyon tartibsizliklar davom etmoqda. Mamlakatning önlab şaharlarida komendantlik soati joriy etildi.

Voqealar rivoji

  • AQŞdagi tartibsizliklar bir haftaça avval, 25 may kuni afroamerikalik Jorj Floyd politsiya tomonidan qölga oliniş çoğida halok bölganidan boşlandi.
  • Namoyişlar Floydning ölimi sodir bölgan Minneapolisda boşlandi va tartibsizliklarga aylanib ketdi.
  • Boşqa şaharlarda dastlab tinç namoyişlar bölib ötayotgandi, ammo keyin ularda ham tartibsizliklar boşlandi.
  • Namoyişlar davomida 4 mingdan ortiq kişi hibsga olindi, bir neça kişi halok böldi.
  • Tartibsizliklar sababli milliy gvardiyaning 5 ming askari safarbar qilindi, yana 2 ming askar jangovar şay holatda turibdi.
  • Noroziliklar bois 40ga yaqin şaharda komendantlik soati joriy etildi.
  • CNN telekanalining xabar berişiça, Oq uy yaqinidagi tartibsizliklar çoğida AQŞ prezidenti Donald Tramp rafiqasi Melaniya va öğli Berron bilan bir soatga yaqin vaqtini bunkerda ötkazgan.

Namoyişlar sababi

Foto: Justin Sullivan / Getty Images
  • 46 yoşli Floyd soxta puldan foydalanganlikda gumonlanib qölga olindi. Politsiyaçilardan biri Derek Şovin Floyd nafas ololmay qolganini aytişiga qaramasdan, uning böynini tizzasi bilan bosib turgan.
  • Bu holat tasvirlangan lavha internetda tarqaldi.
  • Floyd bir neça soatdan keyin kasalxonada vafot etdi.
  • Uni qölga olişda iştirok etgan tört politsiyaçi işdan böşatildi.
  • Şovin qotillikda ayblanib hibsga olindi.
  • Ekspertlarning xulosasiga köra, Floyd böğilişdan emas, salomatligi bilan boğliq muammolar va ehtimoliy zaharlaniş oqibatida vafot etgan. Floydning qarindoşlari ekspertiza natijasidan norozi böldi va mustaqil ekspertlarga murojaat qilmoqçi.

Tartibsizliklarga nisbatan javob

Foto: Spencer Platt / Getty Images
  • AQŞ prezidenti Donald Tramp bu namoyişlarning adolatga heç qanday aloqasi yöqligini aytdi va mamlakatda boşboşdoqlikka yöl qöymaslikka va'da berdi.
  • Sobiq prezident Barak Obamaning milliy xavfsizlik böyiça sobiq maslahatçisi Syuzan Rays tartibsizliklarga Rossiya aloqador bölişi mumkinligi haqidagi taxminni ilgari surdi.
  • Kreml uningbu nuqtai nazarini xato deb atadi.
  • Amerika amaldorlari ommaviy namoyişlar COVID-19 tarqalişi kuçayişiga olib kelişidan xavotirlanmoqda, deb yozadi The New York Times.