Şvetsiyaning boş epidemiologi Anders Tegnell özi taklif qilgan karantindan voz keçiş strategiyasi köplab ölimlarga sabab bölganini ilk marta tan oldi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda. 

«Agarda bu kasallik bilan bugungi bilimlarimizga ega bölgan holda töqnaşganimizda, biz Şvetsiya va dunyoning boşqa mamlakatlari tanlagan usul orasini tanlagan bölardik», — dedi Tegnell.

«Şved demokratlari» partiyasi raisi Jimmi Akesson epidemiologning fikri özgarganini «ğaroyib» deb atadi. 

«Bir neça oy davomida barça tanqidlar bostirildi. Şvetsiya hammasini töğri qilyapti, butun dunyo notöğri qilyapti. Endi esa bunday deyapti», — deb yozdi u Twitter sahifasida.

Şvetsiya Yevroittifoq mamlakatlari içida özini-özi izolyatsiya qiliş rejimini joriy etmagan va maktab hamda jamoat maskanlarini yopmagan yagona davlat böldi. 

Milliy strategiyaga köra, qança köp odam kasallikka çalinsa, aholida koronavirusga şunça tez immunitet hosil böladi. Uşbu strategiyaning muallifi esa Tegnell bölgandi.

Jons Hopkins universitetining ma'lumotlariga köra, Şvetsiyada 38589 kişi kasallikka çalingan, 4468 kişi vafot etgan.