Bunda quyidagi harakatlar elektron ravişda bir vaqtda amalga oşiriladi:

– tuğruqxonadan bola tuğilganligi töğrisida ma'lumotnoma beriş;

– FHDYo bölimida bola tuğilganligini qayd qiliş;

– bolani otasi yoki onasining doimiy yaşaş manziliga röyxatga qöyiş;

– farzand tuğilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini oliş;

– poliklinikaga röyxatga qöyiş;

– bolani maktabgaça ta'lim muassasasiga navbatga qöyiş.

Buning uçun FHDYo bölimiga murojaat qilişning özi kifoya qiladi.

“Vazirlar Mahkamasining “Tuğilganlikni qayd etiş bilan boğliq kompleks davlat xizmatlarini körsatişning ma'muriy reglamentini tasdiqlaş töğrisida” qarori loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylaştirildi.

Loyihaga köra, Davlat xizmatlari agentligi tomonidan aholiga yanada qulaylik yaratiş maqsadida, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tuğiliş bilan boğliq bölgan davlat xizmatlarini kompozit tarzda körsatiş tartibini bosqiçma-bosqiç joriy etiş rejalaştirilmoqda.

Ya'ni birgina ariza yuboriş orqali 6 ta xizmatdan foydalaniş mumkin böladi. Bu orqali fuqarolarning ortiqça hujjat töplaşlariga, davlat idoralari örtasida sarson bölib, eşikma-eşik sarğayib yurişlariga barham beriladi”, deydi agentlik direktori Xalilillo Töraxöjayev.