Hukumatning 2020 yil 28 maydagi 335-sonli qarori bilan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar, eksportni qöllab-quvvatlaş va taşqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatida bir qator rahbar xodimlar tayinlandi. Bu haqda Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi xabar bermoqda.
Ilgari investitsiyalar va taşqi savdo vazirining örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Furqat Jaloloviç Rahimov Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar, eksportni qöllab-quvvatlaş va taşqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatining mudiri etib tayinlandi.
Şavkat Rajabaliyeviç Nabiyev Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar, eksportni qöllab-quvvatlaş va taşqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mudirining örinbosari etib tayinlandi. U Vazirlar Mahkamasi Xorijda vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qiliş va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamentining boş mutaxassisi lavozimidan ozod qilindi.
Jasurbek Şavkatoviç Avezov Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar, eksportni qöllab-quvvatlaş va taşqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mudirining eksport, importni optimallaştiriş, bojxona-tarif va notarif tartibga soliş masalalari böyiça örinbosari etib tayinlandi, bu lavozimga u Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligining boşqarma boşliği lavozimidan ötdi.
Lutfiddin Nasrullayeviç Xöjayev Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar, eksportni qöllab-quvvatlaş va taşqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatining Xalqaro hamkorlik masalalari şö'basi mudiri etib tayinlandi. Bundan oldin u Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligining Buxoro bölimiga rahbarlik qilgan.












