2020 yilning 31 may kuni noma'lum şaxs soat 10:00da avval telefon orqali tanişgan 37 yoşli Z.T. bilan uçraşiş uçun Farğona viloyati Yaypan şahar markaziga kelib, göyoki özining yaşaş uyini Z.T.ga körsatişini aytib, xilvat joyga olib borgan.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, bu şaxs qöllari bilan Z.T.ning tanasiga urib, quloğidagi bahosi 2.100.000 sömlik sariq metalldan yasalgan sirğalarini oçiqdan-oçiq olib qöygan va hodisa joyidan yaşiringan.
IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, uşbu jinoyatni 27 yoşli A.A. sodir etganligi aniqlanib, Z.T.ga tegişli 2 dona tilla sirğalar örnatilgan tartibda olingan.
Holat yuzasidan Özbekiston tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «a» bandi (talonçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Jinoyat işi böyiça A.A. gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda uşlangan.












