Vazir örinbosarining Kun.uz'ga bildirişiça, 6 iyun holatiga muvofiq, 1245 nafar özbekistonlik temir yöllar orqali vatanga qaytarilgan. Şuningdek, maydan boşlab taşkil etilgan charter aviareyslar orqali 15 ming 390 nafar, Özbekistonga bevosita qöşni bölgan mamlakatlardan 40 ming 209 nafar fuqaro, jami 56 mingdan ziyod fuqaro vatanga qaytarilgan. Bundan taşqari Özbekistonda qolgan 7 mingdan köp xorijiy davlat fuqarolari ham öz vataniga qaytarilgan.

«Vatanga qaytişni istagan xorijdagi hamyurtlarimiz çet eldagi Özbekiston diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilişi zarur. Murojaatlar asosida diplomatik vakolatxonalar huzurida taşkil etilgan operativ ştabda röyxat şakllantiriladi. Uşbu röyxat Taşqi işlar vazirligiga yuboriladi va umumlaşgan holda Respublika maxsus komissiyasiga taqdim etiladi. Komissiya uşbu masalani barça yönalişda örganib çiqib, sana belgilab, keyin qaror qabul qiladi», – deydi Hamroyev.
Vazir örinbosariga köra, röyxat şakllantiriş jarayoni şaffof bölişi uçun operativ ştabda jamoat komissiyasi tuzilgan. Uning tarkibida diaspora yetakçilari, jamoat arboblari, blogerlar, tibbiyot xodimlari va talabalar faol işlamoqda.
«Köpçilik taniş-biliş, deb öylaydi. Bu esa haqiqatga mos kelmaydi. Masalan, Rossiyaning birgina özida 100 mingga yaqin vatandoş Özbekistonga qaytiş istagini bildirgan. Bu joyda katta bahs böladi. Qaysi kategoriyadagi şaxslarni birinçi qaytariş kerak? Demak, imkoniyati çeklangan va qariya şaxslar, oğir kasalligi bor fuqarolar hamda homilador, şuningdek, yoş bolali ayollar va talabalarga ustuvorlik beriladi. Jamoat komissiyasi a'zolari zimmasida katta mas'uliyat bor. Ular ham qaytişi kerak, lekin şu işlarni bajarib öşa yerda qolib ketişgan», – deya qöşimça qildi u.

Erkin Hamroyev suhbat davomida elçixona bilan boğlana olmayotgan fuqarolar noroziligiga munosabat bildirdi. Şuningdek, suhbatda Qozoğiston çegarasida qolgan özbekistonliklar, konsullik harakatlarini davom ettiriş va xorijdagi vatandoşlarni moddiy qöllab-quvvatlaş masalalari ham muhokama etildi.
Intervyuni Youtube orqali töliq tomoşa qilişingiz mumkin.
Alişer Rözioxunov suhbatlaşdi.












