AQŞ Davlat departamenti vakilining 25-avgust kuni bildirişiça, mamlakatning dunyo böylab elçixona va konsulliklarida faoliyat yuritayotgan xodimlar uçun maxsus tayyorgarlik jarayoni yölga qöyilgan. Şu sababli viza oliş uçun belgilangan qabul va suhbatlar jadvaliga özgartirişlar kiritiladi.

Davlat departamenti öquv dasturining aniq mazmuni va qança davom etişi haqida batafsil maʼlumot bermagan. Biroq Reuters agentligining yozişiça, tayyorgarlik konsullik xodimlariga viza talabgorlarini yanada çuqurroq tekşirişga yordam berişga qaratilgan.

Xususan, konsullik xodimlari AQŞda davlat ijtimoiy yordamlariga qaram bölib qolişi mumkin, deb hisoblangan arizaçilarni aniqlaşga köproq eʼtibor qaratadi. Şuningdek, viza talabgorlarini baholaş jarayonini barça diplomatik vakolatxonalarda «keng qamrovli va izçil» tarzda amalga oşiriş maqsad qilingan.

Avvalroq Financial Times naşri immigratsion viza oliş uçun AQŞ elçixona va konsulliklarida suhbat sanasi belgilangan ayrim arizaçilarga elektron xatlar yuborilganini xabar qilgan edi. Ularda belgilangan uçraşuvlar boşqa muddatga köçirilayotgani va yangi sana keyinroq maʼlum qilinişi aytilgan.

Trampning immigratsiya siyosati tanqid qilinmoqda

Huquqni himoya qiluvçi taşkilotlar Donald Tramp maʼmuriyatining immigratsiya sohasidagi siyosatini tanqid qilib kelmoqda. Ular ayrim çoralarni kamsituvçi xususiyatga ega, söz erkinligi va tegişli huquqiy jarayon kafolatlariga zid, deb hisoblaydi.

Reuters qayd etişiça, Tramp maʼmuriyati nafaqat noqonuniy migratsiyaga qarşi çoralarni kuçaytirgan, balki AQŞga qonuniy yöl bilan köçib keliş jarayonini ham murakkablaştirgan. Jumladan, ayrim mehnat vizalariga talabgorlar uçun yangi va qimmatroq yiğimlar joriy qilingan.

Maʼmuriyat deportatsiyalarni kuçaytiriş, vizalar va grin-kartalarni bekor qiliş, şuningdek, turli asoslarga köra ayrim arizalarni rad etiş çoralarini qöllamoqda. Manbada siyosiy qaraşlar va Falastinni qöllab-quvvatlovçi namoyişlarda iştirok etiş ham ayrim qarorlarga taʼsir qilgani qayd etilgan.

Tramp esa bu çoralar mamlakat içki xavfsizligini mustahkamlaş maqsadida amalga oşirilayotganini taʼkidlamoqda.

Sud 75 davlat fuqarolariga oid çeklovni bekor qildi

Ayni paytda AQŞ maʼmuriyatining viza siyosati sudlarda ham bahslarga sabab bölmoqda. 21-avgust kuni Nyu-Yorkdagi federal okrug sudi 75 mamlakat fuqarolariga immigratsion vizalar berişni nomaʼlum muddatga töxtatiş töğrisidagi qarorni bekor qildi.