Şovin Floydni qölga oliş vaqtida uning böynini tizzasi bilan deyarli 9 daqiqa bosib turgan. Şundan keyin Floyd huşini yöqotib, keyinroq jonlantiriş bölimida vafot etgan.
Sobiq politsiyaçi ikkinçi darajali qotillikni sodir etişda ayblanmoqda. Bu dastlab inson hayotiga befarqlik bilan jismoniy ziyon yetkaziş istagi bölgan qasddan sodir etilgan qotillik hisoblanadi.
Avvalroq politsiyaçiga yengilroq ayblov qöyilib, gap qasddan sodir etilmagan qotillik haqida borayotgandi. Biroq keyinroq ayblov qat'iylaştirilgan. Şu bilan birga Minnesota ştati boş prokurori ayblov birinçi darajali qotillikkaça qat'iylaştirilişi mumkinligini istisno qilmagan.
Şovinga hozir qöyilayotgan ayblov bilan 40 yillik qamoq jazosi berilişi mumkin. Şovin Floyd nafas ololmayotganini aytganiga qaramasdan, uning uyqu arteriyasini bosib turişda davom etgan. Sobiq politsiyaçining ozodlikka çiqişi uçun 1 mln dollar garov puli tayinlangan.
Floydni qölga oliş vaqtida iştirok etgan yana 3 politsiyaçi – Tomas Leyn, Jyey Aleksandr Kueng va To Tao qotillikka şeriklik qilişda ayblanmoqda. Ulardan har biriga 10 yilgaça qamoq jazosi tayinlanişi mumkin. Ular 29 iyunda sud oldida javob bera boşlaydilar.
Şovin politsiyada 19 yil işlagan bölib, xizmat davomida otişma bilan keçgan bir neça voqealarda iştirok etgan. Uning ustidan 15 ta şikoyat tuşgan bölib, ulardan faqat birigina böyiça intizomiy çoralar körilgan.













