Jorj Floyd o‘limiga sabab bo‘lgan politsiyachi 22,5 yilga qamaldi
AQShdagi Minneapolis shahrining sobiq politsiya xodimi Derek Shovin afroamerikalik Jorj Floydni qo‘lga olish chog‘ida uni tizzasi bilan bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ygani uchun 22,5 yilga hukm qilindi.

Juma kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida Floydlar oilasining to‘rt a'zosi, xususan uning 7 yoshli qizi ham so‘zga chiqdi.
Prokurorlar 1-marta sodir etilgan 2-darajali qotillik uchun 45 yoshli Shovinga maksimum muddat – 30 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilishini so‘radi.
Sudda so‘zga chiqqan Shovinning onasi doim o‘g‘lini qo‘llab-quvvatlashini va uni aybli deb hisoblamasligini ta'kidladi.
Sobiq politsiyachi sudda Floydning yaqinlariga hamdardlik bildirdi, biroq uzr so‘ramadi.
Derek Shovindan tashqari, ushbu jinoiy ishda yana uch nafar politsiyachi ustidan tergov ketmoqda. Ular ustidan sud 2022 yil martida bo‘lib o‘tishi kutilyapti.
Eslatib o‘tamiz, Minnesota shtatining Minneapolis shahrida 2020 yil 25 may kuni 46 yoshli Jorj Floyd politsiya tomonidan qo‘lga olinishi vaqtida qo‘llangan zo‘ravonlik oqibatida vafot etgandi.
Politsiyachi Derek Shovin Floyd bo‘g‘ilayotganini aytishiga qaramasdan, 8 daqiqadan ko‘proq uning bo‘ynini tizzasi bilan bosib turgandan keyin hushini yo‘qotgan. Keyinroq shifoxonada uning o‘lgani qayd qilingan.
Floydning o‘limi AQShda irqchilikka qarshi Black Lives Matter nomli ommaviy norozilik namoyishlari avj olishiga olib keldi.
Shovin shu yil aprel oyida sud tomonidan qotillikda aybdor deb topilganidan so‘ng qamoqqa olingan, o‘shandan buyon bir kishilik kamerada qolayotgandi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
Jahon | 00:59
-
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
O‘zbekiston | 00:26
-
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi
Jahon | 23:45 / 13.05.2025
-
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
Jahon | 23:29 / 13.05.2025
Mavzuga oid

23:45 / 13.05.2025
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi

14:00 / 13.05.2025
So‘rov: AQShning dunyodagi obro‘si Tramp kelganidan keyin tushib ketdi

11:50 / 13.05.2025
AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi

22:02 / 12.05.2025