Qöşma Ştatlarda afro-amerikalik Jorj Floydni hibsga oliş çoğida uning orqasiga tizzasi bilan çökkan sobiq politsiyaçi Jyey Kuyeng 3,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
29 yoşli Kuyeng qasddan bölmagan odam öldirişga yordam berganlikda aybdor deb topildi.
Prokuror Metyu Frenk fikriga köra, uşbu jinoyat işining yakuni huquq-tartibot idoralari xodimlari qiyin ahvolga tuşgan odamlarga ğayriinsoniy munosabatda bölolmasligini tasdiqlaydi.
Avvalroq, Minneapolisning sobiq politsiyaçisi Derek Şovin Floydni öldirganlikda ayblanib, 22,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Şuningdek, u jabrlanuvçining fuqarolik huquqlarini buzganligi uçun alohida federal ayblovlar bilan 21 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud hukmiga köra, u ikki muddatni bir vaqtda ötaydi.
Eslatib ötamiz, afro-amerikalik Jorj Floyd 2020 yil may oyida Minneapolisda politsiya tomonidan köçada hibsga olinganidan keyin böğilib ölgan edi. Derek Şovin qöli boğlangan mahbusning xirillaşiga va «Nafas ololmayapman» deyişiga qaramay, tizzasi bilan uning böynini bir neça daqiqa bosib turdi.
Floydning ölimi bilan boğliq holat videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgaç, juda katta miqyosdagi ommaviy tartibsizliklar, norozilik namoyişlarini keltirib çiqargan edi.

















